
Unda "G'allakor-Avtomobilchi" o'z maydonida Andijonning "UzDongJu" jamoasini qabul qilishi lozim edi. Biroq mazkur bahs o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, PFL G'allaorol jamoasini badal puli to'lamagani uchun shu tariqa jazolashga qaror qilgan. O'tgan turda "Zomin" bilan kuch sinashgan "UzDongJu" shu bois ortga qaytib ketgan.