Futzal. O'rtoqlik o'yini O'zbekiston-1 – O'zbekiston-2 - 3:3

Narzulla Saydullayev
27 noya 2014, 11:14
1-3 dekabr kunlari poytaxtimizda o'tkaziladigan futzal bo'yicha “Tashkent Sup-2014” xalqaro turniriga O'zbekiston milliy terma jamoasi tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Kecha futzalchilarimiz o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.

Bosh murabbiy Bahodir Ahmedov yig'inga taklif etilganlarni ikki tarkibga bo'lgan holda sinab ko'rdi. Uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovor durang natija qayd etildi.

Eslatib o'tamiz, “Tashkent Sup-2014” xalqaro turnirida O'zbekiston, Belarus, Qozog'iston hamda Ozarbayjon terma jamoalari ishtirok etadi. O'yinlar “O'zbekiston” sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com