Futzal. "Lokomotiv" O'zbekiston Kubogi finaliga chiqa olmadi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2014, 15:39
13 fevral kuni futzal bo'yicha XVIII O'zbekiston Kubogining yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Dastlab "O'zsanoatqurilishbank" – "Do'stlik-AIN" o'rtasidagi bahsda 4:4 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa Qarshi klubi omadliroq chiqishdi - 6:5.

"Maksam-Chirchiq" - "Lokomotiv" o'rtasidagi o'yinda ham 4:4 hisobi qayd etildi. Bu safargi penaltilar seriyasida chirchiqliklar 6:5 hisobida zafar quchishdi.

Finalda "Maksam-Chirchiq" va "Do'stlik-AIN" jamoalari to'qnash kelishadi.

O'zbekiston Kubogi:
Yarim final
13 fevral, payshanba

O'zsanoatqurilishbank – Do'stlik-AIN 4:4 (penalti 5:6)
Maksam-Chirchiq - Lokomotiv 4:4 (penalti 6:5)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia