Futzal. JCH-2016. Rossiya Eronni mag'lub etdi va finalga yo'l oldi

Tolibjon Qosimov
28 sen 2016, 06:57
Bugun futzal bo'yicha Jahon chempionatining yarim final bellashuvlariga start berildi.

Birinchi yarim finalda Osiyoning amaldagi chempioni Eron hamda Yevropa vice-chempioni Rossiya terma jamoalari o'zaro kurash olib borishdi. Qiziqarli va gollarga boy o'tgan uchrashuvda ruslar 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi va finalga yo'l olishdi. Rossiyaning finaldagi raqibi nomi ertaga o'tkaziladigan Argentina - Portugaliya uchrashuvidan so'ng ma'lum bo'ladi.

JCH-2016
Yarim final

28.09.2016, 05:00
Medelin, "Kolizeo Ivan de Bedut"

Eron - Rossiya 3:4
Bosh hakam:
Nurdin Bukuev (Qirg'iziston)
Ikkinchi hakam:
Mark Birkett (Angliya)
Uchinchi hakam:
Kristofer Sinkler (Yangi Zelandiya)
Vaqtga mas'ul:
Karlos Gonsales (Gvatemala)
Gollar:
A.Ismoilpur 17, A.Hassanzoda 30, M.Javid 40 - D.Liskov 14, S.Abramov 23, V.Shayaxmetov 30, I.Chishkala 40

Eron (birinchi beshlik): Alirizo Samimi, Ahmad Ismoilpur, Asqar Hassanzoda, Hamid Ahmadi, Mexdi Javid.
Zaxira: Sepehr Muhammadi, Muhammad Keshavarz, Muhammadrizo Sangsefidi, Afshin Kozimi, Muhammad Tohiri, Mehran Aliqodir, Hussayn Toyibi.

Rossiya (birinchi beshlik): Gustavo, Ivan Chishkala, Eder Lima, Robino, Danil Davidov.
Zaxira: Georgiy Zamtaradze, Sergey Vikulov, Vladislav Shayaxmetov, Dmitriy Liskov, Mvan Milovanov, Sergey Abramov, Artem Niyazov, Sergey Abramovich.

Ogohlantirishlar: H.Toyibi 38 - I.Milovanov 24, I.Chishkala 33

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia