

Osiyo chempioni Eron terma jamoasi Xose Mariya Mendez boshchiligidagi Tailandni 9:1 hisobida taslim qildi va yarim finalga yo'l oldi. Eronning raqibi Vetnam - O'zbekiston uchrashuvidan so'ng ma'lum bo'ladi.
Chorak finaldan o'rin olgan Livan - Iroq uchrashuvi penaltilar seriyasiga qadar davom etdi. Unda Iroq g'alaba qozondi.
Eron - Tailand 9:1
Gollar: Ahmad Ismoilpur 1,3, Ali Asqar Hassanzoda 4, Hussayin Toyibi 5, 16, 36, Mahdi Javid 21, Muhammad Shajari 24, 35 - Jiravat 22.
Livan - Iroq 2:2 (penaltilar seriyasi 8:9)
Gollar: Qosim Koussan 11, Ali Tniech 22 - Salim Faysal 7, 26



