Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi saralashi. Bugun O'zbekiston TJ navbatdagi o'yinini o'tkazadi

Eldor Akmurzayev
11 apr 2022, 08:05
O'zbekiston futzal termasi Bishkekda Osiyo Kubogi saralash bahslarida qatnashmoqda.

Bahodir Ahmedov shogirdlari ilk turda Nepalni 5:1 hisobida taslim etishdi. Bugun, 11 aprel kuni esa vakillarimiz Afg'onistonga qarshi bahs kutmoqda. O'FA matbuot xizmati xabar berishicha. uchrashuvda futzalchilarimiz to'liq ko'k libosda, darvozabonimiz esa sariq libosda harakatlanadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da start oladi.

Eslatib o'tamiz, raqib ilk turda Tojikiston bilan jangovar durang o'ynadi – 4:4.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia