Futzal. AGMK yarim finalda Eron chempioniga qarshi o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
14 avg 2019, 20:38
Bugun futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining chorak final bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Biroz avval yakuniga etgan bahsda mamlakatimiz chempioni AGMK musobaqa mezboni hisoblangan Tailand chempioni "Port FK"ni 4:3 hisobida mag'lub etdi. Shu tariqa, Aleksandr Petrov boshchiligidagi olmaliqliklar o'z tarixlarida birinchi marta ushbu musobaqaning 1/2 finaliga yo'l olishdi.

Futzal. AGMK yarim finalda


Yarim finalda AGMKning raqibi Eron chempioni "Mes Sungun" jamoasi bo'ladi. Forslar bugun Livan chempioni "Bank Beyrut"ni ekstra taymlarda kiritilgan gol evaziga katta qiyinchilik bilan mag'lub etishdi.

Futzal

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati

1/4 final. 14.08.2019

"Nagoya Oushens" (Yaponiya) - "Vamos Mataram" (Indoneziya) 3:1

"Bank Beyrut" (Livan) - "Mes Sungun" (Eron) 2:3

"Tay Son Nam" (Vetnam) - "Shenzen Nanling" (Xitoy) 5:1

"Port FK" (Tailand) - AGMK 3:4


Yarim final o'yinlari ertaga bo'lib o'tadi.

Futzal

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati

Yarim final. 15.08.2019

13:00. "Tay Son Nam" (Vetnam) - "Nagoya Oushens" (Yaponiya)

16:00. AGMK (O'zbekiston) - "Mes Sungun" (Eron)

P.S. Uchrashuvlarning boshlanish soati Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.


Final ostonasida AGMK futzalchilariga omad va g'alaba yor bo'lishini tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia