"Futbolchilarning maydondagi harakatiga ta’sir o'tkaza olmayman, biroq ularga yo'l ko'rsatishim mumkin" - Sulsherning "Bornmut"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari

Mirjalol Normatov
28 dek 2018, 20:28
"Manchester Yunayted"da bosh murabbiylik vazifasini bajarayotgan Ole-Gunnar Sulsher "Bornmut"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Lukaku, Marsyal va Aleksis kecha engil mashg'ulot o'tkazishdi. Ularning tiklanish jarayonini kuzatishga majburmiz.

Futbolchilarning maydondagi xatti-harakatlariga ta’sir o'tkaza olmayman. Ularga o'zlarini yo'llarini ko'rsatishim mumkin. Bunda yigitlar imkoniyat borligida o'zlarini ko'rsatishsa bo'lgani, menga bundan ortig'i kerak emas.

Shogirdlarimga har doim bunday klubda o'ynashdan rohatlanishlari kerakligini aytaman. Bu ularning hayotidagi eng muhim onlardir.

Ko'p bora Pogba dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri deb aytganman. U nafaqat hujumda, balki himoyada ham anchagina foydali. Polning bo'yi anchagina baland, yakkakurashlarda faol. Bunday futbolchilarning atrofida o'yin qursa bo'ladi.

Qachonki tayyor bo'lsa Valensiya sardor sifatida o'ynaydi. Hozirda u saviyasidagi hujumkor qanot top-himoyachilar juda kam", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal