Frenki De Yong: "O'ylashimcha, Ramos afsuslanyapti"

Aslanov Jasurbek
6 mar 2019
"Ayaks" yarim himoyachisi Frenki de Yong "Real" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

- Juda xursandman. Chorak finalga chiqqanimizdan mamnunmiz.

- Siz birinchi marta "El-Klassiko"da ishtirok etyapsiz, to'g'rimi?

- Xaxa, to'g'ri. To'xtang, Amstyerdamda ham o'ynadik-ku. Bu ikkinchisi. "Bernabeu"da g'alaba qozondik va juda baxtlimiz.

- "Barselona"dagilar sizga "Real"ni musobaqadan chiqarib yuborish haqida aytishgani rostmi?

- Ha, biz muzokaralar o'tkazayotgandik. Buni hazil tariqasida aytishdi. Direktor shunday degandi.

- Ramos birinchi o'yinda atayin sariq kartochka olib, hurmatsizlik qildi deb o'ylaysizmi?

- Bu atayin qilinganini bilmayman. To'g'risini aytsam, bu vaziyat haqida hech narsa demoqchi emasman. O'ylashimcha, u hozir afsuslanyapti - deydi de Yong.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Esporte Interativo