

Fransiyada bir yo'la ikkita uchrashuv bilan 13-tur bahslari boshlandi. Mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan "Lill" o'z uyida yuqori pog'onalarda borayotgan "Sent-Eten"ni qabul qildi va sensacion tarzda g'alabaga erishdi - 3:1. PSJni taqib qilayotgan "Monako" esa liga debyutanti "Amen" mehmoni bo'lib g'alaba qozona olmadi - 1:1.
Germaniyada esa qiziqarli o'yin bo'ldi. "Mersedes Benz" stadionida "Shtutgart" klubi so'nggi paytlarda g'alaba nimaligini bilmay yurgan Dortmundning "Borussiya" klubini qabul qildi. "Shtutgart" bu o'yinga qadar ushbu mavsum o'z maydonida hali hech kimga yutqazmagandi. Kecha ham bu seriya davom etdi. Dortmundliklar ketma-ket beshinchi o'yinda g'alaba qozona olishmadi.
Ispaniyadan ajralib chiqmoqchi bo'lgan Kataloniyaning "Jirona" klubi o'z maydonida "Real Sosedad"ni qabul qildi. O'tgan turlardan birida "Real Madrid"ni taslim qilgan "Jirona" bu safar durang qayd etdi.



