Francheskoli: "Argentina Braziliya ustidan g'alaba qozonishi mumkin"

Tolibjon Qosimov
12 iyun 2014, 16:59
Urugvay terma jamoasi sobiq hujumchisi Enco Francheskoli Argentina mundial finalida mezbonlardan ustun kelib, braziliyalik muxlislarni shok holatiga tushurib qo'yishi mumkin deb hisoblaydi.
Futbolchi shu bilan birga 1950 yil mundial finalida Urugvayning Braziliya ustidan qozongan g'alabasi haqida ham esladi.

“Lionel Messi yetakchilik qilayotgan Argentina terma jamoasi juda ham kuchli. Hujumda engilmas jamoa. Braziliya terma jamoasi ham kuchli, ammo oldingidek emas. Finalda Argentina va Braziliya terma jamoalari duch kelishini, biroq braziliyaliklar g'alaba qozona olmasligini taxmin qilish mumkin”, - deydi Francheskoli “Marca”ga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com