

O'yin haqida
- Jamoam haqida gapiradigan bo'lsam, yomon o'yin ko'rsatmadi. O'yinni yaxshi boshladik, biroq taym oxirida ikkita xato evaziga gol o'tkazib yubordik. Tayyorgarlik yaxshi bo'lgandi, jumladan, himoyada yaxshi o'ynadik. Ko'pincha to'pni saqlashga e'tibor qaratishimiz kerak, shogirdlarim eplay oladigan eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi. Ikkinchi taymda natija haqida umuman o'ylamadik.
- Havo harorati o'yiningizga ta’sir qilmadimi?
- Bugungi ob-havo ikki jamoa uchun bir xil ta’sir o'tkazdi. Nimadir sodir bo'lib, natijaga ta’sir qilishi mumkin. O'yinni himoya orqali qurishga harakat qildik, biroq omad yetishmadi.
- O'zbekiston haqida
O'zbekistonga birinchi bor tashrif buyurishim edi. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bizga yordam beryapti, natijamizdan boshqa hamma narsa mukammal darajada.



