France Football "Oltin to'p" uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qilishni boshladi

Aslanov Jasurbek
8 okt 2018, 15:45
France Football nashri "Oltin to'p" uchun nomzod sifatida ko'rsatilgan 30 nafar futbolchining 10 nafarini e'lon qildi.

Fransiya nashri har ikki soatda 5 nafar nomzod ro'yxatini taqdim etmoqda.

Birinchi 5 futbolchi: Serxio Aguero (Manchester Siti, Argentina), Alisson (Liverpul, Braziliya), Garet Beyl (Real, Uels), Karim Benzema (Real, Fransiya), Edinson Kavani (PSJ, Urugvay).

Ikkinchi 5 futbolchi: Tibo Kurtua (Real, Belgiya), Krishtianu Ronaldu (Yuventus, Portugaliya), Kevin de Bryuyne (Manchester Siti, Belgiya), Roberto Firmino (Liverpul, Braziliya), Diego Godin (Atletiko, Urugvay).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia