Fozil Musaev bugun "Nasaf" bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2016, 11:57
O'zbekistonlik yarim himoyachi Fozil Musaev faoliyatini yana yurtimizda davom ettiradi.

Oxirgi yillarda Eronning "Sepaxon" klubi sharafini himoya qilib Eron chempioni bo'lgan Musaev Qarshining "Nasaf" klubiga qaytdi. Futbolchi 2007-2008 va 2011-2012 yillarda aynan "ajdarlar" sharafini himoya qilgandi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Fozil Musaev bugun Qarshi shahriga borib "Nasaf" bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda rasmiy xabar yaqin orada e'lon qilinishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia