Fonseka "Tottenxem" bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Alisher
14 iyun 2021, 17:16
Portugaliyalik mutaxassis Paulu Fonseka "Tottenxem" bosh murabbiyiga aylanadi.

Tomonlar bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi.

Fonseka 2020/21 yilgi mavsumdan so'ng "Roma" bilan xayrlashdi. Uning o'rnini oldin "Tottenxem"da ishlagan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu egalladi.

"Roma" Fonseka qo'l ostida A Seriyada 62 ochko jamg'ardi va turnir jadvalida 7-o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Guardian