

Oldinroq Suares "Nasonal"dan "Groningen"ga o'tishida Fonseka unga qo'lga kiritilgan mablag'ning 20% berishni vada qilib, hozirgacha buni amalga oshirmaganini aytgan.
"Suares yolg'on gapiryapti. U hozirgacha psixolog xizmatidan foydalanadi, ammo bu foyda beryapti deya olmayman. U psixologini almashtirishi kerak yoki psixiatrga murojaat qilishi lozim. Suares xatto sanaydigan holatda ham emas, buning uchun u barmoqlaridan foydalanishi kerak. To'g'risini ayta qolsin. U qo'rqoq va uyatsiz inson" - deydi Fonseka.



