Flik qachon de Yongni maydonga qaytaradi?

Alisher
22 sen 2024, 12:32
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong uzoq vaqtdan beri ilk bor maydonga tushishga tayyorlanmoqda.

27 yoshli o'yinchi jarohat sabab apreldan beri o'ynay olmayapti. Niderlandiyalikning qaytishi doimiy tarzda ortga surildi, ammo xavbek hozirda haqiqatdan ham to'liq tuzalishga yaqin turibdi. "Ko'k-anorranglilar" ustozi Xans-Diter Flik de Yongdan "Yang Boyz" (1 oktyabr) yoki "Alaves" (6 oktyabr) bilan o'yindayoq foydalanishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" bugun mehmonda "Vilyarreal" bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo