FIFA Realga Xediraning jarohati uchun pul to'lashi mumkin

Narzulla Saydullayev
17 noya 2013, 21:13
Real Sami Xediraning jarohat olgani uchun FIFAdan pul oladi.
Futbolchi Italiyaga qarshi o'yinda mushaklarini uzib oldi va taxminan mavsum oxiriga qadar safdan chiqdi.

Klublarni himoya qilish dasturiga ko'ra FIFA futbolchi jarohat olganidan 29 kun o'tganidan so'ng har bir kun uchun 20 548 evro to'lashi kerak.

O'tgan mavsumda Madrid klubi Marseloning terma safida jarohat olgani tufayli 1 150 688 evro ishlab olgandi.

Braziliyalik futbolchi 84 kun davolandi, 56 kuni uchun FIFA Realga 20 548 evrodan to'lagandi.

Xedira yarim yilni o'tkazib yuboradi. Shu bois Real uch million evrodan ko'proq pul oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru