FIFA prezidentligi uchun saylov rejadagidek, 29 may kuni bo'lib o'tadi

Aslanov Jasurbek
27 may 2015, 17:12
FIFA ijtimoiy aloqalar bo'limi direktori Valter de Gregorio maxsus matbuot-anjumanida FIFA prezidentligi uchun saylov muddati o'zgarmasligini ma'lum qildi.

"Saylovni bekor qilish haqida o'ylaganmiz yo'q. Saylov rejaga asosan juma kuni bo'lib o'tadi. Qo'lga olinganlar ozod etilmasa, ular ovoz berishda ishtirok etmaydi.

Blatterning sodir bo'lgan voqealarga aloqasi yo'q. U 2015 yil Kanadada o'tishi rejalashtirilayotgan ayollar o'rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda" - deydi de Gregorio.

Eslatib o'tamiz, FIFA prezidentligi uchun saylov 29 may kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com