FIFA Neymarning transferini qonuniy deb topdi

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2017, 13:39
Xalqaro futbol federatsiyasi hujumchi Neymarning "Santos"dan "Barselona"ga o'tishini qonuniy deb tan oldi.

Braziliya klubi 2015 yilning may oyida FIFAga etiroz bildirib, "Barselona", Neymar va N&N Consultoria kompaniyasi qoidalarni buzganini ma'lum qilgan edi. "Santos" Neymar transferi uchun 17 mln. evro olgan, qolgan mablag' (58,5 mln. evro) esa N&N Consultoria kompaniyasiga nasib etdi.

Endi ushbu qarorga apelyaciya berish uchun "Santos"da 10 kun bor. Oldinroq Neymar huquqlarining bir necha foiziga egalik qiluvchi DIS investitcion kompaniyasi futbolchini jazolashni so'ragan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo Esportе