

FIFA navbatdagi bosqich bahslarini boshqaradigan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi. Lekin ular orasida afsuski yana Ravshan Ermatov yo'q. Ma'lumki, Ermatov va uning brigadasi bundan avvalgi bosqich o'yinlariga ham qo'yilmagandi.
Chorak finalda osiyolik hakamlardan birgina eronlik Alirizo Fag'oni Urugvay - Fransiya o'yinida zaxira hakami sifatida ishlaydi. Hamyurtimiz Ravshan Ermatov va uning brigadasi haqida esa hozircha hech qanday ma'lumotga ega emasmiz.
JCH-2018. 1/4 final uchrashuvlari
6 iyul. 19:00. Urugvay - Fransiya
Bosh hakam: Nestor Pitana (Argentina)
6 iyul. 23:00. Braziliya - Belgiya
Bosh hakam: Milorad Masich (Serbiya)
7 iyul. 19:00. Shvetsiya - Angliya
Bosh hakam: Byorn Kyupers (Gollandiya)
7 iyul. 23:00. Rossiya - Xorvatiya
Bosh hakam: Sandro Richchi (Braziliya)



