FIFA JCH-2018 chorak final hakamlarini ma'lum qildi, Ermatov yana yo'q

Xayrulla Xoliqov
4 iyul 2018, 23:49
6-7 iyul kunlari jahon chempionatining chorak final uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

FIFA navbatdagi bosqich bahslarini boshqaradigan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi. Lekin ular orasida afsuski yana Ravshan Ermatov yo'q. Ma'lumki, Ermatov va uning brigadasi bundan avvalgi bosqich o'yinlariga ham qo'yilmagandi.

Chorak finalda osiyolik hakamlardan birgina eronlik Alirizo Fag'oni Urugvay - Fransiya o'yinida zaxira hakami sifatida ishlaydi. Hamyurtimiz Ravshan Ermatov va uning brigadasi haqida esa hozircha hech qanday ma'lumotga ega emasmiz.  

JCH-2018. 1/4 final uchrashuvlari
6 iyul. 19:00. Urugvay - Fransiya
Bosh hakam: Nestor Pitana (Argentina)

6 iyul. 23:00. Braziliya - Belgiya
Bosh hakam: 
Milorad Masich (Serbiya)

7 iyul. 19:00. Shvetsiya - Angliya
Bosh hakam: 
Byorn Kyupers (Gollandiya)

7 iyul. 23:00. Rossiya - Xorvatiya
Bosh hakam: 
Sandro Richchi (Braziliya)

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: fifa.com