Fernando Torres: “Mourinyo o'yinchilarni ruhlantira oladi”

24 okt 2013, 15:35
“Chelsi” klubi hujumchisi Fernando Torresning fikricha, u Joze Mourinyoning “Stemford Brij”ga qaytganidan so'ng, yaxshiroq o'ynay boshlayotgan ekan.

“U barchaga birdek yaxshi munosabatda. Unga mehnatkash o'yinchilar yoqishini yaxshi bilaman. Shu sababli sen o'z ustingda ko'proq ishlasang, maydonda buning natijasi albatta ko'rinadi.

U o'zi boshqargan har bir jamoani yuqori cho'qqilarga olib chiqqanini hamma biladi. Yana bir bor mazkur natija qayt etilsa yaxshi bo'lar edi”, - Torresning so'zlarini keltiradi The Independent.


Manba: sports.ru