Fernando Torres ham yozda Xitoyga yo'l olishi mumkin
Aziz Tukhtamuradov
6 fev 2016, 20:50
"Atletiko" futbolchisi Fernando Torres faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin, deya xabar qilmoqda Sport Mediaset.
31 yoshli futbolchi mavsum yakunlanganidan so'ng "Milan"ga qaytadi. Biroq, milanliklar Torresga ishonch bildirmoqchi emaslar va uni Xitoy jamoalaridan biriga sotishga tayyorlar.