Ferdinand: "Ronalduni himoya qilmaslik kerak, Krishtianuda ortga yo'l yo'q"

Sherzod Nurmatov
15 noya 2022, 10:33
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand shov-shuvli intervyu bergan Krishtianu Ronalduning xatti-harakatiga munosabat bildirdi.

"Ronalduning bu harakatidan so'ng uni himoya qilib bo'lmaydi. Ichimdan sezyapman va buni aniq bilamanki, bularning barchasi bir narsa – uning klubni tark etishi uchun uyushtirilgan.

Menimcha, Krishtianuning "Manchester Yunayted"dagi hikoyasi poyoniga etdi. Orqaga yo'l ko'rmayapman, klub buni ko'tara olmasa kerak. Va menimcha, u ham qaytishni xohlamaydi. Bularning barchasi shu sababli amalga oshirildi.

Shu intervyugacha uni himoya qilib kelayotgandim va klub zimmasida aloqani yaxshilash borasida katta mas'uliyat borligini aytgandim", – dedi Ferdinand.

Manba: Ronaldu uchun 2 ta klub da'vogarlik qilmoqda

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Vibe with Five