

"Ronalduning bu harakatidan so'ng uni himoya qilib bo'lmaydi. Ichimdan sezyapman va buni aniq bilamanki, bularning barchasi bir narsa – uning klubni tark etishi uchun uyushtirilgan.
Menimcha, Krishtianuning "Manchester Yunayted"dagi hikoyasi poyoniga etdi. Orqaga yo'l ko'rmayapman, klub buni ko'tara olmasa kerak. Va menimcha, u ham qaytishni xohlamaydi. Bularning barchasi shu sababli amalga oshirildi.
Shu intervyugacha uni himoya qilib kelayotgandim va klub zimmasida aloqani yaxshilash borasida katta mas'uliyat borligini aytgandim", – dedi Ferdinand.



