Ferdinand MYUga 2 futbolchini sotib olishni taklif qildi

Eldor Akmurzayev
10 iyul 2022, 09:15
Angliya TJ sobiq himoyachisi va TV ekspert sifatida faoliyat olib borayotgan Rio Ferdinand “Manchester Yunayted”ga qaysi futbolchilar kerakligini aytdi.

“Jamoaga Deklan Rays kerak. U maydon markazida ko'p foyda keltiradi. Deklan ancha yosh, ammo allaqachon yetakchilik qobiliyatiga ega. Bunday toifadagi futbolchi “qizil iblislar”ga qo'l kelishi aniq.

Jud Bellingem haqida ham xuddi shunday fikrdaman. U “Borussiya D”da porlamoqda. Jud yoshligidanoq jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi. Unga ishonish kerak va u jamoaga yangilik olib kira oladi”, deydi Ferdinand.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: footballhd.ru