Fati Ispaniya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kiritildi

Alisher
30 sen 2019
"Barselona" yarim himoyachisi Anssumane Fati Ispaniyaning Evro-2020 saralashi doirasidagi Norvegiya va Shvetsiya termalariga qarshi o'yinlari uchun tarkibiga kiritildi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Moreno Fatini 40talik tarkibga kiritgan.

Agar Fatining tizzasidan olgan jarohati tuzalsa, Moreno CHL doirasidagi "Barselona" va "Inter" o'rtasidagi o'yinga tashrif buyuradi va futbolchining imkoniyatlarini o'rganadi.

Xabar berilishicha, Moreno Ispaniya terma jamoasi tarkibini juma kuni e'lon qiladi.

18 yoshgacha bo'lgan eng qimmat futbolchilar


AlisherMuallif
Manba: AS