Fathi Al Jebali: "Natija biz uchun qoniqarsiz bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
16 apr 2014, 20:12
"Bunyodkor" - "Al Fath" (3:2) uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida birinchi bo'lib mehmonlar ustozi Fathi Al Jebali ishtirok etdi.
"O'yinchilarning jismoniy holati tufayli bizning o'yinimiz chiqmadi. Natija biz uchun qoniqarsiz bo'ldi",  - deb gap boshladi "Al Fath" bosh murabbiyi.

"O'yinga keladigan bo'lsak, "Bunyodkor" ustunlikka ega bo'ldi. Futbolchilarim bosim ostida o'ynashgani bois yaxshi o'ynay olishmadi".

"Jemel Ammar bizning asosiy futbolchimiz, biroq o'yin davomida u oyog'ida og'riq sezdi. Shu bois uni birinchi bo'lim boshidayoq almashtirishga majbur bo'ldik".

"Bunyodkor"ning barcha futbolchilari kuchli, ular orasida 11-raqamdagi (Pishur) hujumchi yaxshi harakat qildi. O'z jamoamda hech bir futbolchini alohida ajratib ko'rsatmoqchi emasman".

"Bugungi o'yinda durang bizni qoniqtirmasdi, shu sababli ham biz 2:1 hisobi vaqtida oldinga o'tdik va yana gol urmoqchi bo'ldik. Ammo "Bunyodkor" bizga ikkita gol urib qo'ydi".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia