Farfanning “dubl”i “Lokomotiv”ga g'alaba keltirdi

24 noya 2017, 01:03
Yevropa ligasning 5-turida Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi o'z maydonida “Kopengagen”dan ustun keldi.

“Temiryo'lchilar” tarkibida Jefferson Farfan “dubl” qayd etgan bo'lsa, mehmonlardan Benyamin Verbich bir gol bilan javob qaytardi. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov mazkur bahsda to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

F guruhi.

Lokomotiv Rossiya – Kopengagen Daniya 2:1 (1:1, 1:0)

Gollar: 1:0 – 17 Farfan, 1:1 – 31 Verbich, 2:1 – 51 Farfan.

Lokomotiv – Kochenkov, Mixalik (Peychinovich, 80), Kverkveliya, DENISOV, Denisov, Miranchuk (Tarasov, 74), Fernandesh, Kolomeycev, Farfan, Miranchuk (Barinov, 90), Ignatev.

Kopengagen –Olsen, Vavro, Boylesen, Ankersen, Lyuftner, Zeka, Kvist, Verbich, Matich (Kusk, 78), Xolse (Pushich, 70), Soteriu.

Ogohlantirish: Mixalik (63), Denisov (85).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia