"Fanat Superliga". "So'g'diyona" - "Paxtakor" 4:0

Narzulla Saydullayev
28 mar 2020, 17:30
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda 4ta savol beriladi. O'sha jamoalar to'qnashuvi o'rtasidagi o'yinlardan kelib chiqib 2ta savol, xorij va O'zbekiston terma jamoalariga oid 2ta savol bo'ladi.

Qoida: Savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi. Viloyatlarda internet tezligi pastligi yoki o'chib qolishini inobatga olsak ikkinchi javob o'rtasidagi farq 1 daqiqani tashkil qilishi mumkin. Yani masalan "Andijon" muxlisi 17:45da javob bersa, "Surxon" muxlisining 17:46dagi javobi qabul qilinadi.

Agar siz "So'g'diyona" muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu "Paxtakor" muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"O'yin" soat 17:30da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

1-savol: 2019 yil Jizzaxda o'tgan o'zaro bahsni qaysi hakam boshqargan edi? To'g'ri javob: Sherzod Qosimov (Sogdiana Djizak (So'g'diyona muxlisi) birinchi to'g'ri javob berdi.

2-savol: 2019 yil Toshkentdagi uchrashuvda dublga erishgan futbolchi kim? To'g'ri javob: Igor Sergeev (Jamshid Jalilov (So'g'diyona muxlisi) birinchi to'g'ri javob berdi.

3-savol: Igor Tudor qaysi terma jamoada o'ynagan? To'g'ri javob: Xorvatiya (Xaqiqat tarafdori 2 (So'g'diyona muxlisi) birinchi to'g'ri javob berdi

4-savol: 2010 yil Oliy ligada to'purar bo'lgan futbolchilarni yozing. To'g'ri javob: Nosir Otaqo'ziev va Alisher Xoliqov (Temurbek Valiev (So'g'diyona) muxlisi birinchi to'g'ri javob berdi

O'yin tugadi: "So'g'diyona" - "Paxtakor" 4:0

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia