"Extra TIME": Baxtiyor Ashurmatovdan ochiq-oydin haqiqatlar

Tolibjon Qosimov
24 noya 2018, 14:14
"Extra TIME"ning bu galgi mehmoni AGMK bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bo'ldi.

Tolibjon Qosimov muallifligidagi hamda Shahboz Beg'amov hamroxligidagi mazkur loyihada bu safar yaqin o'tmishning mohir futbolchisi, tajribali himoyachi va ayni paytda AGMK bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Baxtiyor Ashurmatov bir qator mavzularda o'zining keskin fikrlarini bildirdi.

O'zbek futboli, AGMK tarixiga kirgan o'yin, final oldi va kubokni qo'lga kiritilganidan so'ng ko'nglini xira qilgan jihatlar haqida Ashurmatov ochiq-oydin gapirib o'tdi. Ashurmatov o'zbek futbolchilari, xususan aldangan jiyani va futbolchilarning maoshi haqida haqiqatni oshkorona aytdi.

Qahramonimiz MTJ, xususan Ektor Kuperning uslubi va Osiyo Kubogida terma jamoamizdan qanday natija kutayotgani haqida ham to'xtaldi.

Qayd etish kerakki, Baxtiyor Ashurmatov matbuotni juda faol kuzatishi va qaysi nashrlarni diqqat bilan mutolaa qilishi haqida ham so'zladi. Jurnalistlar, xususan sharhlovchilar haqida ham so'z yuritdi.

Umuman "Extra TIME"ning mazkur soni bir qator qiziqarli mavzular bilan boyidi. Tolibjon Qosimov, Shahboz Beg'amov va Baxtiyor Ashurmatov ishtirokidagi mazkur loyihaning bu galgi sonini tomosha qiling.

Video

TAS-IX



TAS-IX emas

 




"Extra TIME": Qosimov, Odil Ahmedov va Beg'amov Kuper uslubi haqida (tahlil)

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia