Yevropaning uchta nufuzli klubi Van Deykka ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025, 15:55
"Liverpul" markaziy himoyachisi Virjil Van Deyk faoliyatini Yevropaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Niderlandiyalik futbolchining "qizillar" bilan shartnomasi joriy mavsumdan so'ng tugaydi. Jurnalist Grem Beylining ma'lumotlariga ko'ra, mersisaydliklar sardori o'ziga Yevropa futbolining yirik klublari qiziqish bildirayotganidan xabardor. Yaqinda Chempionlar Ligasi doirasidagi PSJ – "Liverpul" o'yiniga Madridning "Real" va "Atletiko", shuningdek, Myunxenning "Bavariya" klubi vakillari keldi.

Virjil Van Deyk "Liverpul" safida jami 309 o'yin o'tkazib, 26 ta gol urgan. Mashhur centrbek iyul oyida 34 yoshga to'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tribuna.com