Evro-2017. (U-21). Portugaliyada ishonchli, Ispaniyada yirik g'alaba

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2017, 02:04
Polshada davom etayotgan yoshlar o'rtasida Yevropa chempionatida V guruhida dastlabki tur o'yinlar o'tkazildi.

Portugaliya terma jamoasi serbiyalik tengqurlarini mag'lub etgan bo'lsa, ispaniyalik yoshlar Makedoniya termasiga umuman imkoniyat qoldirmadi. Ispanlarning gollariga “Atletiko”, “Real” va “Barselona” futbolchilari mualliflik qilishdi. Ispanlar tarkibida YCHL finalida Buffon darvozasini ishg'ol eta olgan Asensio xet trikka erishdi.

Evro-2017 (U-21)

Guruh bosqichi.

1-tur

 B guruhi.

Portugaliya U-21 – Serbiya U-21 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 37 Gonsalu Gedesh, 2:0 – 88 Fernandesh.

Portugaliya U-21 – Brunu Varela, Ruben Semedu, Ie, Joau Kanselu, Rodriges, Joau Karvalyu (Sanshesh, 59), Fernandesh, Diogu Jota (Bruma, 46), Ruben Nevesh, Gonsalu Gedesh, Podense (Yuri Medeyrush, 68).

Serbiya U-21 –Milinkovich-Savich, Yovanovich, Antonov, Gayich, Maksimovich, Velkovich, Gruyich (Radonich, 68), Gachinovich, Jivkovich, Chavrich (Plavshich, 46), Jurjevich (Ojegovich, 74).

Ogohlantirish: Gruyich (4), Ruben Semedu (18), Gachinovich (51), Antonov (55), Gayich (70), Bruma (78), Fernandesh (81).


Ispaniya U-21 – Makedoniya U-21 5:0 (3:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 10 Saul, 2:0 – 16 Asensio, 3:0 – 35, penalti Deulofeu, 4:0 – 54 Asensio, 5:0 – 72 Asensio.

Ispaniya U-21 – Arrisabalaga, Valexo, Xorxe Mere, Gayya, Belerin, Markos Lorente, Saul, Asensio (Oyarsabal, 81), Denis Suares, Deulofeu (Sebalos, 63), Sandro Ramires (Inyaki Uilyams, 74).

Makedoniya U-21 –  Aleksovski, Demiri, Zaykov, Beytulai, Bardi, Babunski (Kostadinov, 76), Markoski (Djordjev, 46), Velkoski, Angelov (Elmaz, 46), Nikolov, Radeski.

Ogohlantirish: Xorxe Mere (2).



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia