Evro-2016da ishtirok etadigan terma jamoalarning shiorlari

Aziz Tukhtamuradov
27 may 2016, 16:30
Yevropa chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalarning shiorlarini taqdim etamiz.



Ushbu shiorlar so'rovnoma natijalariga ko'ra, UEFA va Hyundai firmasi tomonidan tanlab olingan. Shiorlar 24 ta terma jamoaning avtobuslarida yozilgan bo'ladi.

Avstriya: "Yana, yana va yana Avstriya!"

Albaniya: "Albaniyalik bo'lish qanday yaxshi!"

Angliya: "Bitta jamoa, bitta orzu"

Belgiya: "Bitta jamoa - bitta maqsad"

Vengriya: "Ria Ria Vengriya!"

Germaniya: "Biz uddalay olamiz!"

Irlandiya: "Orzu qilish. Ishonish. Erishish"

Islandiya: "Olg'a, Islandiya"

Ispaniya: "Bitta rang, bitta ehtiros. Biz - qizillarmiz"

Italiya: "Olg'a, moviyranglar"

Polsha: "Bizni to'p birlashtiradi"


Portugaliya: "Bitta jamoa. Bitta ehtiros. Yurakdagi 11 million. Portugaliyadan salom"

Rossiya: "Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun"

Ruminiya: "Jamoa, uchta rang va Ruminiya uchun urib turgan millionlab yuraklar"

Shimoliy Irlandiya: "Orzular sari dadil!"

Slovakiya: "Bir millat, bitta yurak, bitta orzu!"

Turkiya: "Vazifa hali bajarilgani yo'q"

Ukraina: "Orzular g'oliblarni dunyoga keltiradi"

Uels: "Ajdarlar porlashni boshlaydilar"

Fransiya: "Sizning kuchingiz, bizning ilhomimiz"

Xorvatiya: "Yangi olov, eski tarix, doimiy orzu"

Chexiya: "Bitta jamoa = bitta maqsad"

Shvetsiya: "Birgalikda Shvetsiya uchun!"

Shveytsariya: "Olg'a, Shveytsariya!"


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia