EVRO-2016. Beyl guruh bosqichining barcha o'yinlarida gol kiritdi

Uels terma jamoasi yetakchisi Garet Beyl "B" guruhidagi barcha raqiblari darvozasiga yo'l topa oldi.


Garet Beyl Slovakiya va Angliyaga qarshi o'yinlarda jarima zarbasidan gol urishni uddalagandi.

Rossiya bilan bahsda ham Garet Beyl Akinfeev darvozasini ishg'ol etishga erishdi.

Garet Beyl ushbu Yevropa chempionatining guruh bosqichlaridagi barcha o'yinlarida gol kiritgan yagona futbolchiga aylandi.

Bunga qadar guruh bosqichining barcha o'yinlarida gol kiritgan futbolchilar: Mishel Platini (Fransiya) - Evro-1984, Xristo Stoichkov - Evro-1996, Alan Shirer (Angliya) - Evro-1996, Miloshevich (Yugoslaviya) - Evro-2000, Milan Barosh (Chexiya) - Evro-2004, Rud van Nistelrooy (Gollandiya) - Evro-2004.

Shuningdek, Garet Beyl uchta gol kiritib to'purarlar poygasida ham peshqadamlik qilmoqda.


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV



Manba: championat.asia