

"Avvalgidek kelajagim borsida bir to'xtamga kelganim yo'q. "Yuve"da ikki ajoyib mavsumni o'tkazdim va mavsum yakunlanganidan so'ng hamkorlikni davom ettirishni muhokama qilamiz. Shundan so'ng javobimni aytaman. Hech qanday muammo yo'q va bu qarorni o'zim qabul qilishim kerak" - deydi Evra.
Evra joriy mavsumda A Seriyaning 24 uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.



