Eshli Koul qaytdi. U "Chelsi"da murabbiylik qiladi

Alisher
18 okt 2019
"Chelsi" sobiq o'yinchisi Eshli Koul murabbiylik faoliyatini boshladi.

38 yoshli ingliz futbolchisi "aristokratlar"ning U-15 jamoasiga ustozlik qiladi.

Koul futbolchilik faoliyati davomida "Chelsi"da 2006-2014 yillar davomida o'ynagan.

"Chelsi"ga qadar "Kristal Pelas" va "Arsenal", undan keyin esa "Roma", "Los Anjeles Gelaksi" va "Derbi" klublarida o'ynagan.

Futbolchi londonliklar safida Angliya chempioni va 4 karra Angliya Kubogi sohibi bo'lgan, shuningdek Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligalarida zafar quchgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ChelseaFC