Eshitdik-da! Sardor Rashidov faoliyatini "Paxtakor"da davom ettiradi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2021
O'zbekistonlik yarim himoyachi Sardor Rashidov faoliyatini O'zbekistonda davom ettirishga yaqin.

Eshitishimizga qaraganda, Rashidov O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi bilan shartnoma tuzadi. Bugun yarim himoyachi "Sherlar" mashg'ulotida ham ishtirok etgan.

Hamyurtimizning so'nggi klubi "Qatar SK" klubi bo'lgandi va Sardor sentyabr oyidan buyon erkin agent maqomida edi.  Agar Rashidov "Paxtakor" bilan shartnoma tuzsa Toshkentning uchta klubida ("Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Paxtakor") o'ynagan kam sonli futbolchilardan biriga aylanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia