Eshitdik-da! “Cementchi” – “Qizilqum” o'yiniga muxlislar kiritilmadi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2016, 14:34
“Hokim kubogi-2016” doirasidagi “Cementchi” – “Qizilqum” uchrashuviga futbol muxlislari kiritilmadi.

Quvasoy, Andijon va bir qator qo'shni viloyatlardan kelgan muxlislar kirish eshigi oldida stadion xodimlari tomonidan to'xtatildi. Ana shu muxlislar orasida bo'lganlar bergan ma'lumotga ko'ra, stadion raxbariyati o'yinga muxlislarning kirishiga ruxsat bermagan. OAV vakili ekanligi haqidagi guvohnomaga ega bo'lgan jurnalistlar ham stadionga katta qiyinchilik bilan kirishdi. Shundan so'ng qorli ob-havo sharoitida o'yin ko'rish kelgan muxlislar uzoqdan panjara ortidan o'yinni ko'rishdi xolos.

Tushunarsiz, futbol uchrashuviga muxlislar kiritilmasa, futbol aslida kim uchun o'ynaladi?


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia