Ertaga qur'a. Shomurodov, Suyunov, Ismoilov va To'xtaxo'jaevning taxmini qanday?

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2019, 20:26
Ertaga, 17 iyul kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda OFK JCH-2022 saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimini o'tkazadi.

Ma'lumki, navbatdagi bosqichda jami 40ta jamoa ishtirok etadi va ular orasida O'zbekiston milliy terma jamoasi ham bor. Jamoalar 8tadan beshta savatchaga bo'lib chiqilgan. Qur'a mexanizmiga ko'ra, har bir savatchadan bittadan jamoa olinadi va 40ta jamoa jami 8ta guruhda bahs olib boradi. O'zbekiston ikkinchi savatchadan joy olishi aniq bo'lgan. 


1-savatcha: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy.

2-savatcha: Iroq, O'zbekiston, Suriya, Livan, Ummon, Qirg'iziston, Vetnam, Iordaniya.

3-savatcha: Falastin, Hindiston, Bahrayn, Tailand, Tojikiston, KXDR, Xitoy Taypei, Filippin.

4-savatcha: Turkmaniston, Myanma, Gonkong, Yaman, Afg'oniston, Maldiv orollari, Kuvayt, Malayziya.

5-savatcha: Indoneziya, Singapur, Nepal, Bangladesh, Mo'g'uliston, Guam, Kambodja, Shri-Lanka.


Biz O'zbekiston terma jamoasi a'zolarining ertangi qur'adan oldingi taxminlari bilan qiziqdik. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia