Erik Garsiyaning “Barselona”ga o'tishi xavf ostida

Eldor Akmurzayev
7 apr 2021, 21:55
Kataloniyaliklar rahbariyati “Man Siti” himoyachisi Erik Garsiyaning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor emas.

“Barselona” byujetida pandemiya tufayli muammolar yuzaga kelgan. “Ko'kanorranglilar” Garsiya bilan shartnoma imzolashda futbolchining ish haqi bo'yicha imtiyozlar bo'lishini xohlamoqda, ammo Erik bunga hozircha rozi bo'lmadi.

Eslatib o'tamiz, 20 yoshli ispaniyalikning “Man Siti” bilan amaldagi kelishuvi joriy yoz o'z yakuniga etadi. U ushbu mavsum APLda atigi 4 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca