EPLMANAGER: Siz sotib yuborishingiz va xarid qilishingiz kerak bo'lgan 4 futbolchi

Aslanov Jasurbek
23 sen 2016, 17:25
Eplmanager fentezi-futbol saytida sovg'alar uchun kurash avjiga chiqqan.

Ertaga APLning 6-tur uchrashuvlari boshlanadi. Biz EPLMANAGERda sizga foyda keltiradigan maslahatlar berishni boshlaymiz:

SOTISH KERAK


Garri Keyn - "Tottenxem" to'purari ko'pchilikning tarkibida bo'lishi aniq. Keyn 5-tur bahsida jiddiy jarohat oldi va endi uzoq muddat maydonga tusha olmaydi. Tarkibida ushbu ingliz borlar tezroq undan qutilishini maslahat beramiz.


Jeymi Vardi - Klaudio Raneri Vardini Chempionlar ligasi uchun asrashi mumkin. Ayni damda jamoada hujumchilar ko'payib ketdi. Buning ustiga 30 mln. evroga xarid qilingan Slimani o'tgan turda dubl qayd etdi. Ushbu forvard 6-turda asosiy tarkibda bo'lishi mumkin.


David Silva - Ushbu o'yinchining mahoratiga shubha yo'q, ammo u 18 oydan beri mayda jarohatlar bilan kurashib, ko'plab o'yinlarni o'tkazib yubordi. U "Bornmut"ga qarshi bahsni (4:0) o'tkazib yubordi va Gvardiola tavakkal qilmasa kerak.


Skot Dann - "Kristal Pelas" futbolchisi "Sautgempton"ga qarshi Angliya liga Kubogi bahsida jarohat oldi. U "Sanderlend"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi aniq.


XARID QILING


Sheymus Koulman - Bu futbolchi fentezi foydalanuvchilarining sevimli o'yinchilaridan biri hisoblanadi. U doimo o'ng qanotdan hujumga qo'shilib, goh gol uradi, gohida esa golga assistentlik qiladi. Koulman yaqinda jarohatidan qutildi va asosiy tarkibda maydonga tushishi ehtimoli katta.


Son Xyon Min - Mavsum boshida janubiy koreyalik Kristian Eriksen, Dele Alli va Erik Lamelada qimmatlashib ketishini kutmagandingiz. Son Xyon Min gol urganidan so'ng Pochettino uni faqat asosiy tarkibda tushirmoqda. Futbolchining iqtidoriga ishonadigan bo'lsak, u Keyn yo'qligidan unumli foydalanib qolishi mumkin.


Raxim Sterling - Gvardiola ushbu futbolchini qaytadan kashf qila oldi. Fentezi ishtirokchilari bu futbolchini asosiy tarkibning doimiy o'yinchisiga aylantirishmoqda. "Suonsi"ga qarshi bahsda Sterling uni tanlaganlarga yaxshigina ochko ishlab berishi mumkin.


Charli Ostin - Bu futbolchi Xitoyga yo'l olgan Graciano Pelle o'rniga xarid qilingan. Endi u o'zini ko'rsatishi kerak. Ostin juda yaxshi formada va u asosiy tarkib futbolchisi bo'lishi aniq.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia