
"Bu sovrinni qo'lga kiritganimdan xursandman, men bunga umid qilgan edim. "Lill"dagi va Nigeriya terma jamoasidagi barcha yaqinlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Darvozabon sovringa erishishi juda qiyin. Xar o'yinda g'alaba qozonmoqchiman, xar o'yinda oldingisidan yaxshiroq harakat qilishni istayman. Maqsadim - jahonning eng yaxshi darvozaboniga aylanish. Buning uchun ko'p ishlashimga to'g'ri keladi" - deydi Enyama.