Endrik: "Alonsodan ko'p narsani o'rgandim"

Mirjalol Normatov
15 yanv 2026, 22:20
Ayni damda "Lion"da ijara asosida o'ynayotgan "Real" hujumchisi Endrik "qirollik klubi"dan iste'foga chiqarilgan Xabi Alonso haqida fikr bildirdi.

"Madridda Xabidan ko'p narsalarni o'rgandim. U yuqori darajadagi futbolchi bo'lgan va futbolni juda zo'r tushunadi. Garchi uzoq vaqt davomida jarohatda yurib, jamoa bilan bo'la olmagan bo'lsam-da, u ko'p narsalarni o'rgatdi. Endi Fonsekadan o'rganyapman. Agarda miya barchasini yaxshi qabul qilsa, buyuk murabbiylardan har kuni nimanidir o'rgansa bo'ladi, aynan shu uchun harakat qilyapman", - dedi Endrik.

Mavsumning ilk qismida Endrik "Real" tarkibida faqatgina 3 o'yinda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca