Emeri La Ligaga qaytishi mumkin

Alisher
14 fev 2020, 11:30
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi klubdan ketishi mumkin.

Klub rahbariyati 53 yoshli mutaxassisning ishlaridan norozi va yangi murabbiy qidirmoqda.

Lopetegini o'rnini Unai Emeri egallashi mumkin. U bundan oldin klubni 2013-2016 yillar davomida boshqargan va uch bor Yevropa Ligasida zafar quchgan.

48 yoshli Emerining so'nggi klubi "Arsenal" bo'lgan edi. U qoniqarsiz natijalar tufayli 2019 yilning noyabrida London klubini tark etgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Sevilya" La Ligada 23 turdan so'ng 39 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalida 5-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS