

"Nasaf" - "Bunyodkor" uchrashuvining so'nggi daqiqasida Viktor Karpenkoning darvoza tomon yo'llagan zarbasini bartaraf etish vaqtida Eldorbek Suyunov oyog'ini qayirib olib jarohat oldi va maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
Darvozabonning jarohati qanchalik jiddiyligi hozircha ma'lum emas. Eldorbek Suyunov ertaga tibbiy tekshiruvdan o'tadi va shundan so'ng barchasi aniqlashadi.



