Eldor Shomurodov va Ikrom Aliboev Toshkentda

Aziz Tukhtamuradov
7 okt 2019, 17:25
Terma jamoamiz legionerlari Eldor Shomurodov va Ikrom Aliboev ham yurtimizga yetib kelishdi.

Rossiya va Janubiy Koreya klublarida to'p tepadigan futbolchilarimiz klublari safidagi o'yinni yakunlab, yurtimizga qaytishdi. Biroz avval poytaxtimizga yetib kelgan futbolchilarimiz ayni paytda tiklanish jarayonini o'tkazishmoqda. Har ikki futbolchi ham ertaga terma jamoa safida mashg'ulotlarni boshlaydi. 

Eslatib o'tamiz, kecha Shomurodov "Rostov" safida SSKAga qarshi o'yin o'tkazib, gol muallifiga ham aylandi (3:1). Aliboev esa "Seul" safida "Suvon S.B"ga qarshi o'yinda 90 daqiqa harakat qilgandi (2:1). 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia