

"O'yin qiziqarli bo'ldi. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz.
Debyut o'yinimda g'alaba qozondik. Nasib qilsa bu oxirgisi emas. Natijadan qoniqdim. Har holda ilk murabbiy bilan dastlabki rasmiy o'yin edi. O'yindan-o'yinga kuchayib boramiz. Filippinga qarshi o'yinda 3 ochkoni qo'lga kiritishga harakat qilamiz", - deydi "Bunyodkor" futbolchisi Eldor Shomurodov.




