Eldor Shomurodov: "O'yindan-o'yinga kuchayib boramiz"

Aziz Tukhtamuradov
4 sen 2015, 14:57
Terma jamoamiz futbolchisi Eldor Shomurodov Yamanga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin qiziqarli bo'ldi. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz.
Debyut o'yinimda g'alaba qozondik. Nasib qilsa bu oxirgisi emas. Natijadan qoniqdim. Har holda ilk murabbiy bilan dastlabki rasmiy o'yin edi. O'yindan-o'yinga kuchayib boramiz. Filippinga qarshi o'yinda 3 ochkoni qo'lga kiritishga harakat qilamiz", - deydi "Bunyodkor" futbolchisi Eldor Shomurodov.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia